Mustaqil yurtimizning bugungi rivojlanish davrida ta’lim sohasini rivojlantirish va yetuk, malakali kadrlarni tayyorlash borasida chuqur va samarali islohotlar olib borilmoqda. Bugungi kunda Oliy o’quv yurtlarida talabalarning ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Insoniyat tarixining rivojlanish davrlarini sar hisob qilganimizda butun dunyoga mashxur vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino yashagan davrni alohida etirof etishimiz joiz. Hozirgi kunda ushbu vatandoshimizni bilmaydigan xalq butun dunyoda topilmasa kerak. Ammo o’z yurtdoshlarimiz orasida buyuk qomusiy olim tarixini bilmaydigan vatandoshlarimizning borligi Abu Ali ibn Sino tarixini yoritishimizni talab qiladi.